Promokod — xaridor savatchada kiritib, chegirma oladigan so'z. Barcha tariflarda ishlaydi.
1-qadam. Promokod yarating
- Do'konda ☰ → Promokodlar → Promokod yaratish.
- Kod — masalan
SALE15. Faqat harflar, raqamlar va_, 20 belgigacha. - Chegirma turi — Foiz yoki Belgilangan summa.
- Chegirma miqdori — masalan 15 (%) yoki 20 000 (so'm).
- Promokod yaratishni bosing.

Qo'shimcha shartlar
Barcha maydonlar ixtiyoriy:
- Min. buyurtma summasi — chegirma faqat shu summadan boshlab ishlaydi;
- Maks. chegirma summasi — foizli promokod uchun chegirma chegarasi;
- Chegirmadagi mahsulotlarga qo'llamaslik — eski narxi bor mahsulotlarga ta'sir qilmaydi;
- Qayta foydalanishga ruxsat berish — odatda bitta xaridor kodni bir marta qo'llaydi;
- Umumiy foydalanish limiti — masalan, faqat birinchi 100 xaridor uchun;
- Amal qilish muddati — boshlanish va tugash sanalari.
Xaridor promokodni qanday qo'llaydi
Savatchada Promokod maydoni bor. Xaridor kodni kiritib, Qo'llashni bosadi — chegirma darhol buyurtma summasida ko'rinadi.
Promokod haqida qanday aytish mumkin
- Promokod kartochkasidagi «Ulashish» belgisini bosing — chegirma, muddat va do'kon havolasi bilan tayyor xabar hosil bo'ladi.
- Uni xaridorlarga rassilka orqali yuboring.
Natijalar
Ro'yxatda promokodni bosing: Foydalanildi, Daromad, Berilgan chegirma va O'rtacha chek.
