Bot username'ini qanday o'zgartirish mumkin

Bot username'ini o'zgartirib bo'lmaydi. Do'konni yo'qotmasdan boshqa username'li yangi botga qanday o'tish mumkin.

Username — @myshop_bot ko'rinishidagi bot manzili va t.me/myshop_bot havolasi. Telegram'da yaratilgan botning username'ini o'zgartirib bo'lmaydi. Lekin kerakli username bilan yangi bot yaratib, uni eskisi o'rniga ulash mumkin — mahsulotlar, buyurtmalar va do'kon sozlamalari saqlanib qoladi.

1-qadam. Eski botni uzing

  1. Do'konda ☰ → Bot.
  2. Botni uzishni bosing va tasdiqlang.

2-qadam. Yangisini yarating

  1. Yangi bot yaratishni bosing.
  2. Telegram oynasida kerakli username'ni yozing — oxirida albatta bot — va Yaratishni bosing.

Yangi bot do'konga o'zi ulanadi. Batafsil: O'z botingizni qanday ulash mumkin.

3-qadam. Eski botga bog'liq narsalarni qayta sozlang

  • Click — to'lov botga bog'langan. Click'ni yangi bot uchun qayta ulang: yo'riqnoma.
  • Adminlar — bot almashgandan keyin barcha adminlar o'chadi. Ularni almashtirgichlar bilan yoqing: ☰ → Admin.
  • Kanal — kanalni qayta tanlang va tugmani e'lon qiling: yo'riqnoma.
  • Guruhlar — buyurtmalar va mijozlar guruhini qayta tanlang: yo'riqnoma.
  • Rasm — yangi botga avatar qo'ying: yo'riqnoma.

Eski botga yozgan xaridorlar yangisiga o'zi o'tmaydi. Ularga yangi havolani yuboring — masalan, eski botni uzishdan oldin oxirgi rassilka bilan yoki kanalda post orqali.

Bo'lmadimi?

Qo'llab-quvvatlashga yozing — Telegramda javob beramiz va yordam beramiz.

Qo'llab-quvvatlashga yozish
Nusxalandi