Free va Qulay Pro
| Free | Qulay Pro | |
|---|---|---|
| Kategoriyalar | 1 | cheksiz |
| Mahsulotlar | 3 | cheksiz |
| Bannerlar | 1 | cheksiz |
| Mahsulotga rasm | 3 | 10 |
| AI rasm yaxshilash (30 kunda) | 3 | 200 |
| AI avtoto'ldirish (30 kunda) | 3 | 2000 |
| Do'kon adminlari | yo'q | 5 |
| Statistika va tashrif buyuruvchilar profillari | yo'q | bor |
| «Qlay'da yaratilgan» yozuvi | bor | yo'q |
Ikkala tarifda ham: o'z botingiz, Click va Payme to'lovi, MoySklad va Billz, promokodlar, yetkazib berish, cheksiz buyurtmalar.
Qulay Pro narxlari
- 1 oy — 99 000 so'm
- 3 oy — 149 000 so'm
- 1 yil — 299 000 so'm
Summa butun muddat uchun ko'rsatilgan.
Qanday to'lash mumkin
- Do'konda ☰ → Tarif.
- Muddatni tanlang: 1 oy, 3 oy yoki 1 yil.
- Pro ga o'tish (yoki Qulay Pro ni uzaytirish) tugmasini bosing va Click orqali to'lang.
- Tarif to'lovdan so'ng darhol avtomatik yoqiladi.

Oldindan uzaytirsangiz, yangi muddat joriy muddatga qo'shiladi — birorta kun ham yo'qolmaydi.
Muddat tugaganda nima bo'ladi
- Tugashidan 3 kun, 1 kun oldin va tugagan kuni bot eslatadi.
- Tugaganidan keyin yana 3 kun tarif ishlashda davom etadi.
- Keyin do'kon Free tarifiga o'tadi. Mahsulot va sozlamalar saqlanadi, faqat Free limitidan ortiq mahsulotlar xaridorlardan yashiriladi. To'lovdan keyin hammasi qaytadi.