Kategoriyalar va bannerlar

Kategoriyalarni yaratish, nomini o'zgartirish, yashirish va tartiblash, do'konga banner qo'shish.

Kategoriyalar

Kategoriyalar — katalog bo'limlari: «Kiyim», «Poyabzal», «Aksiyalar». Free tarifida bitta kategoriya, Qulay Pro'da — cheklovsiz.

Kategoriya qanday yaratiladi

  1. Bosh ekranda pastki o'ngdagi + tugmasini bosing.
  2. Kategoriyani tanlang.
  3. Nomini yozing va Saqlashni bosing.
Kategoriyalar ro'yxati
Kategoriyalar ro'yxati

Nomini o'zgartirish, yashirish yoki o'chirish

Kategoriyani o'ngdan chapga suring (kompyuterda — o'ngdagi strelkani bosing). Tugmalar chiqadi:

  • Yashirish — kategoriya va undagi barcha mahsulotlar xaridorlardan yashiriladi, lekin sizda qoladi;
  • Muqova — kategoriya rasmi;
  • Nomlash — yangi nom;
  • O'chirish — kategoriyani undagi barcha mahsulotlar bilan birga o'chiradi.

Tartibni qanday o'zgartirish mumkin

Kategoriya kartochkasining chap tomonidagi ⋮⋮ belgisini bosib turing va yuqoriga yoki pastga suring.

Kategoriya ichidagi menyu

Kategoriyani oching va yuqori o'ngdagi ⋮ tugmasini bosing: bir nechta mahsulotni tanlash, mahsulotlarni surib yoki narx bo'yicha saralash, ko'rinish va muqovani o'zgartirish mumkin.

Kategoriya menyusi
Kategoriya menyusi

Bannerlar

Bannerlar — do'kon tepasidagi katta rasmlar: aksiyalar, yangiliklar, kolleksiyalar.

  1. Yuqori chapdagi ☰ → Bannerlar.
  2. Banner qo'shish tugmasini bosing va rasm tanlang. Eng yaxshi o'lcham — 1200×600 px.
  3. Havola tugmasi — bannerni bosganda xaridor tanlangan kategoriyaga o'tadi.
  4. ↑ ↓ strelkalar tartibni o'zgartiradi, Yashirin / Faol — ko'rsatish yoki yashirish.
Bannerlar
Bannerlar

Free tarifida — 1 ta banner, Qulay Pro'da — cheklovsiz.

Bo'lmadimi?

Qo'llab-quvvatlashga yozing — Telegramda javob beramiz va yordam beramiz.

Qo'llab-quvvatlashga yozish
Nusxalandi