Rasmni yaxshilash
AI fonni toza oq rangga almashtiradi va studiya yorug'ligini qo'shadi — rasm katalogdagidek ko'rinadi.
- Mahsulot rasmini qo'shing.
- Katta rasmning pastki o'ng burchagidagi Ai tugmasini bosing.
- Bir necha soniyadan so'ng rasm yaxshilangani bilan almashadi.
Mahsulot kadrda to'liq va ortiqcha narsalarsiz bo'lsa, eng yaxshi natija beradi. Natija yoqmasa — rasmni o'chirib, qaytadan yuklang.
Nom va tavsifni avtoto'ldirish
Nomi maydoni yonidagi Ai tugmasini bosing — AI rasmga qarab ilova tilida nom va qisqa tavsif yozadi. Matnni qo'lda tuzatish mumkin.
Eng birinchi mahsulotni qo'shganda AI o'zi ishga tushadi: rasmni yaxshilaydi va maydonlarni to'ldiradi.
Limitlar
| Free | Qulay Pro | |
|---|---|---|
| Rasmni yaxshilash | 3 | 200 |
| Avtoto'ldirish | 3 | 2000 |
Limitlar har 30 kunda yangilanadi. Do'kon adminlari umumiy limitdan foydalanadi. Limit tugaganda tugmada «Limit tugadi» yozuvi chiqadi.