Bot huquqlarini boshqa odamga qanday o'tkazish mumkin

Botni @BotFather orqali boshqa Telegram akkauntga o'tkazamiz — shartlar va qadamlar. Do'kon ulangan holda qoladi.

Bot huquqlarini boshqa Telegram akkauntga o'tkazish mumkin — masalan, hamkorga yoki biznesning yangi egasiga. Bu faqat @BotFather orqali qilinadi.

Muhim. O'tkazgandan keyin siz @BotFather'da botni boshqara olmaysiz. Yangi egasi to'liq nazoratni oladi va hatto botni o'chirib yuborishi mumkin.

Telegram shartlari

  • Akkauntingizda bulutli parol (ikki bosqichli autentifikatsiya) kamida 7 kun oldin yoqilgan va bu vaqt ichida o'zgartirilmagan. Yoqish: Sozlamalar → Maxfiylik → Bulutli parol.
  • O'tkazayotgan qurilmangiz Telegram'ga kamida 24 soat oldin kirgan.
  • Yangi egasi botingizga yozgan («Start»ni bosgan) va uni bloklamagan.

1-qadam. @BotFather'ni oching

@BotFatherga o'ting. Nomi yonidagi ko'k belgini tekshiring.

2-qadam. Botni tanlang

/mybots buyrug'ini yuboring va bot username'ini bosing.

3-qadam. «Transfer Ownership» tugmasini bosing

Bot menyusida Transfer Ownership, keyin Choose recipientni bosing.

4-qadam. Yangi egasini ko'rsating

Chatga yangi egasining username'ini yuboring — uni shu odamning Telegram profilida ko'rish mumkin, u @ bilan boshlanadi.

5-qadam. Tasdiqlang

Yes, I am sure, proceedni bosing va bulutli parolni kiriting.

Tayyor — yangi egasi xabarnoma oladi.

Kompyuterda tasdiqlash tugmasi ishlamasa — telefondan urinib ko'ring.

Qlay'dagi do'kon bilan nima bo'ladi

  • Bot do'koningiz bilan ishlashda davom etadi: buyurtmalar, to'lov va rassilkalar to'xtamaydi.
  • Agar o'tkazgandan keyin bot xaridorlarga javob bermay qolsa (masalan, yangi egasi tokenni almashtirgan bo'lsa) — undan yangi tokenni so'rang va botni qayta ulang: ☰ → Bot → Botni uzish → Menda bot bor.

Bot va Qlay'dagi do'kon — har xil narsalar. Botni o'tkazish do'konni o'tkazmaydi: do'konni avvalgidek siz boshqarasiz. Do'konning o'zini boshqa akkauntga o'tkazish uchun qo'llab-quvvatlashga yozing.

Bo'lmadimi?

Qo'llab-quvvatlashga yozing — Telegramda javob beramiz va yordam beramiz.

Qo'llab-quvvatlashga yozish
Nusxalandi