Statistika do'konga nechta odam kirishini, nimani ko'rishini va qancha buyurtma berishini ko'rsatadi. Qulay Pro tarifida mavjud — do'kon ekrani pastidagi Statistika bo'limi.
Yuqorida to'rtta belgi-bo'lim: analitika, tashrif buyuruvchilar, rassilkalar va promokodlar.
Analitika
- Buyurtmalar — bugun, hafta va oy uchun, hamda oylik summa;
- Tashriflar — nechta odam do'konni ochdi;
- Konversiya — oy davomida tashrif buyuruvchilarning qancha qismi buyurtma berdi;
- Savat — mahsulot savatga necha marta qo'shildi va ulardan qanchasi buyurtma qilindi;
- Mashhur mahsulotlar — qaysi mahsulotlar eng ko'p ko'rilmoqda.

Mahsulot ko'p ko'rilsa-yu, kam buyurtma qilinsa — narx, rasm va tavsifni tekshiring.
Tashrif buyuruvchilar
Do'konga kirgan odamlar ro'yxati: ism, @username, qachon kirgani va nechta buyurtma bergani. Qidiruv va filtrlar bor: yaqinda kirganlar, xaridorlar, doimiy, uxlayotgan, savatcha yoki sevimlilarga qo'shganlar.
Odamni bosing — u qancha sarflaganini, o'rtacha chekni, savatchasi va sevimlilarida nima borligini ko'rasiz. Telegramda yozish va Qo'ng'iroq qilish tugmalari — to'g'ridan-to'g'ri bog'lanish uchun.
Rassilkalar va promokodlar
Oxirgi ikki bo'limda — rassilkalaringiz va promokodlaringiz natijalari: kliklar, buyurtmalar, daromad, kod necha marta qo'llanilgani.