O'z botingizni qanday ulash mumkin

Do'kon uchun botni bir daqiqada to'g'ridan-to'g'ri Qlay'da yaratamiz — @BotFather va tokenlarsiz. Yoki tayyor botni ulaymiz.

Odatda do'kon Qlay boti orqali ochiladi. O'z botingiz — bu sizning nomingiz, logotipingiz va qo'shimcha imkoniyatlar:

  • Click orqali to'lov qabul qilish;
  • Telegram-kanal va guruhlarda do'kon tugmasi;
  • xaridorlarga rassilkalar;
  • do'kon adminlari;
  • buyurtma xabarining o'zida Qabul qilish / Rad etish tugmalari.

1-qadam. «Bot yaratish»ni bosing

  1. Do'konda yuqori chapdagi ☰ → Bot.
  2. Bot yaratish tugmasini bosing.
«Bot» ekrani
«Bot» ekrani

2-qadam. Nomini tekshirib, «Yaratish»ni bosing

Telegram «Bot yaratish» oynasini ochadi. Nomi va manzili (username) do'koningizdan avtomatik qo'yilgan.

  • Bot nomi — chatda bot shunday ataladi, o'zgartirish mumkin.
  • Foydalanuvchi nomi — bot manzili, bot bilan tugashi kerak. Agar band bo'lsa, Telegram boshqasini o'ylab topishni so'raydi.

Yaratishni bosing.

Telegram'ning «Bot yaratish» oynasi
Telegram'ning «Bot yaratish» oynasi

3-qadam. Tayyor

Bot do'konga o'zi ulanadi — hech narsa nusxalash shart emas. Telegram botingiz chatini ochadi: Startni bosing, u do'kon tugmasi bilan salomlashuv yuboradi.

Bot sizga tegishli: u Telegram'ingizda paydo bo'ladi va uni @BotFather orqali odatdagidek boshqarishingiz mumkin. Qlay faqat uni do'konga ulaydi.

Agar botingiz allaqachon bor bo'lsa

  1. ☰ → Bot → Menda bot bor.
  2. Bot tokenini @BotFather'da nusxalang: /mybots → botingiz → API Token.
  3. Tokenni qo'ying va Ulashni bosing.

«Bot yaratish» tugmasi yo'qmi? Telegram'ni oxirgi versiyagacha yangilang. Eski versiyalarda botni @BotFather'da /newbot buyrug'i bilan yaratib, yuqoridagidek token orqali ulash mumkin.

Ko'p uchraydigan xatolar

  • «Noto'g'ri bot tokeni» — token to'liq nusxalanmagan. @BotFather'da qaytadan nusxalang.
  • «Bu bot boshqa do'konga ulangan» — bitta bot faqat bitta do'kon bilan ishlaydi. Yangisini yarating.
Bo'lmadimi?

Qo'llab-quvvatlashga yozing — Telegramda javob beramiz va yordam beramiz.

Qo'llab-quvvatlashga yozish
Nusxalandi